Qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketish ikki kishining oʻlimiga olib keldi

    Xavfsizlik 19 Oktabr 2020 728

    Andijon viloyati Baliqchi tumani Afsona MFY hududida ikki kishining oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻl transporti hodisasi roʻy berdi.

    2020-yil 18-oktyabr soat 15:00 da Baliqchi tumani Afsona MFY hududidan oʻtgan Baliqchi- Oʻrmonbek avtomobil yoʻlining Oʻrmonbek yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan “Nexia” rusumli avtomashinasi qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketib, shu yoʻnalishda qarshisidan harakatlanib kelayotgan boshqa bir “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashgan.

    Natijada, “Nexia” avtomashina haydovchisi va 53 yoshli yoʻlovchi hodisa joyida vafot etgan. Har ikkala avtomashinadagi yana 3 nafar yoʻlovchi va boshqa bir haydovchi turli koʻrinishdagi tan jarohatlari olib kasalxonaga murojaat qilishgan.

    Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.