Qarama-qarshiga chiqib harakatlangan “Tahoye” yoʻl-transport hodisasi sodir etdi

    Kecha, 14-dekabr kuni soat taxminan 13:00 lar chamasida “Tahoye” rusumli avtomobil “Tico” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashuv sodir etgan.

    “Tahoye” rusumli avtomobilni boshqargan Yu.M (2003-yili tugʻilgan) Margʻilon shahar “A.Yassaviy” va “Tinchlik” koʻchalari kesishgan chorrahaga yaqinlashib kelayotgan vaqtida, yoʻlning qarama-qarshi yoʻnalishiga chiqib harakatlanadi va oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Tico” rusumli transport vositasi (boshqaruvda 1992-yili tugʻilgan T.S boʻlgan) bilan toʻqnashib ketadi.

    Bu haqda Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

    Oqibatda “Tico” rusumli avtomobil haydovchisi va bir nafar yoʻlovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

    Hozirda ushbu holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.