Qardosh xalqlarning mushtarak madaniyati ifodasi

    Hukumat 6 Avgust 2021 2846

    “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo xalqlarining milliy taomlari festivali va tantanali konsert bo‘lib o‘tdi.

    Prezidentlar dastlab milliy taomlar namunalarini ko‘zdan kechirdi.

    So‘ng Markaziy Osiyo mamlakatlari san’at ustalari ishtirokida tantanali konsert dasturi bo‘ldi. Folklor-etnografik ansambllar va estrada xonandalarining chiqishlari zamonaviy sahna bezaklari bilan uyg‘unlashib, ajib manzara hosil qildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar xalqlarimiz birligi, madaniy yaqinligini yaqqol namoyon etdi.

    Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat uchrashuvining navbatdagi yig‘ilishi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirlar, shuningdek, yetakchi ayollar muloqoti va mintaqa Iqtisodiy forumi Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil topgan sammitning yangi bosqichga chiqqanidan dalolat beradi.