Unda Qashqadaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Bahrom Yusupov, QarDU rektori Dilmurod Nabiyev va PTTU Nijegorod viloyati tashqi aloqalar departamenti direktorining oʻrinbosari V.V.Prelov, PTTU rektori N.N.Karyakin hamda har ikki tomondan masʼullar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda ikki viloyatlar oʻrtasida ilmiy-texnik, gumanitar sohalarda hamkorlikni ilk qadamlari, yaʼni viloyatimiz tibbiyot sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlash maqsadida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davolash ishi (25 nafar), pediatriya ishi (25 nafar) va farmatsiya boʻyicha (25 nafar) qoʻshma taʼlim dasturlari tashkil etish yuzasidan rasmiy shartnomalar imzolandi.
Kelishuvga koʻra, 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab farmatsiya bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul qilinadigan talabalar uchun PTTU taʼlim resurslaridan foydanilgan holda mazkur OTM professor-oʻqituvchilari tomonidan 5 yil davomida darslar tashkil etilishi va taʼlim yakunida QarDU diplomi taqdim etilishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, davolash va pediatriya ishi bakalavrlari 3 yil QarDU da 3 yil PTTUlarida tahsil olishadi hamda universitetlarni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar bir vaqtning oʻzida 2 ta OTMning oʻzaro tan olingan diplomiga ega boʻladilar.