Qarishning yangi sababi aniqlandi

    Okinava fan va texnologiya instituti (Yaponiya) olimlari hujayra qarishining yangi sababini aniqlashdi. Bu mexanik stress tufayli hujayra membranasining zararlanishi oqibatida yuzaga keladi.

    Ilgari hujayra membranasining mexanik shikastlanishi faqat ikkita ssenariyga olib keladi, deb hisoblanar edi: butun hujayraning tiklanishi yoki yo'q bo'lib ketishi. Ma'lum bo'lishicha, o'rtacha zarar darajasi hujayraning yakuniy o'limi uchun yetarli emas, ammo membrana tiklanganiga qaramay, hujayra qarish fenotipiga ega bo'ladi.

    Qarigan hujayralar avvalgidek metabolik faol, ammo ular yaqin atrofdagi to'qimalarda ham, uzoq organlarda ham immunitet reaktsiyalarini faollashtiradigan turli xil sekretor oqsillarni ishlab chiqaradi. Ushbu mexanizm organizmda ham foydali, ham zararli o'zgarishlarga, shu jumladan yara bitishi, saraton rivojlanishi va qarishga sabab bo'lishi mumkin.

    Olimlar hujayra membranasining zararlanishi kalsiy mexanizmi va o'simtani bostiruvchi p53 geni orqali yuzaga kelishini aniqlashdi va kelajakda sog'lom uzoq umr ko'rish usullarini ishlab chiqishda mazkur ilmiy yangilik asqatishi mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.