Qaror imzolangan kundan boshlab qator yengilliklar joriy qilinadi. Xususan, soat 23.00 dan 06.00 ga qadar yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmalarda boshqa transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat berildi.
Avtobuslar harakati uchun ajratilgan, yaʼni “A” harfli tasmalarda boshqa transport vositalarining harakatlanishi hozirda taqiqlangan. Soat 23:00 dan boshlab deyarli barcha avtobus yoʻnalishlari oʻz ishini tugatishini hisobga olib hamda qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida boshqa transport vositalarining tungi paytda, soat 6:00 ga qadar ushbu tasmalarda harakatlanishi mumkin boʻladi va bu qoidabuzarlik hisoblanmaydi.









