«Qarshi – G'uzor» yo'lida yuk mashinasi yonib ketdi

    Tashvishli xabar 26 Dekabr 2021 1040

    Ma'lum bo'lishicha, bugun taxminan soat 08:55 larda Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limiga «Qarshi – G'uzor avtomobil` yo'lining 6-kilometrida yuk avtomobilida yong'in sodir bo'layotagnligi to'g'risidagi xabar kelib tushgan.

    Xabarga ko'ra, voqea joyiga Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limidan 2 ta bo'linma etib borib, yong'inni to'liq o'chirgan.

    Yоng'in oqibatida ushbu yuk avtomobili to'liq zarar ko'rgan. Aniqlanishicha, ushbu transport vositasi Chiroqchi tumani To'qmor qishlog'ida yashovchi 1988 yilda tug'ilgan fuqaro N.S ga tegishli (oq rangli, MAN rusumli) bo'lgan.

    Hozirda yong'in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hech kim tan jarohati olmaganligi ma'lum qilinmoqda.