Hodisa yuzasidan "UZBEKISTAN AIRPORTS" munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, yongʻin Qarshi aeroporti yaqinida joylashgan "S.Smart" ishlab chiqarish korxonasi hududida sodir boʻlgan.

Yongʻin hududiga yongʻin-qutqaruv ekipajlari yuborilib, va yongʻin tez fursatda bartaraf etilgan. Shuningdek, yongʻin chiqqan hududga Qarshi aeroportidan ham 3 ta oʻt oʻchirish mashinasi ham yordamga kelgan.

Sanoat hududidagi yongʻin havo bandargohi faoliyatiga taʼsir qilmadi.

Qarshi xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda.