Tadbirda fuqaro S.D. boshqa bir fuqarolar A., Q, va Gʻ.ni har birini 2 100 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeliga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, jami 6 300 AQSH dollari hisobidan 69 mln soʻmni oʻzining bank plastik kartasiga oʻtkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.