Qarshi shahar hokimi Normo'min Xolboev maktab hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan obodonlashtirish ishlari bo'yicha mas'ullarga topshiriq berdi.

Jumladan, maktabning old tomonida qo'shimcha favvoralar qurilib, piyodalar yo'lagi kengaytiriladi. Shuningdek, hududda ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, gulxonalar tashkil etiladi. Maktab yonida alohida veloyo'lak ham barpo qilinadi.