Qarshi shahrida 200 o'rinli velopark quriladi

    Salomatlik 23 Noyabr 2020 1450

    Qashqadaryoda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-oktabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida aholining barcha qatlamlari o'rtasida «Velosayr» va «Ommaviy yurish» tadbirlari o'tkazildi.

    Unda viloyat sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar boshliqlari hamda aholining barcha qatlamlari «Velosayr» va «Ommaviy yurish» tadbirlarida ishtirok etdi.

    Tadbir yakunida rahbarlar aholi foydalanishi uchun yangidan bunyod etilayotgan 200 o'rinlik veloparkka o'z velosipedlarini sovg'a qilib ketishdi.

    Bu kabi sog'lomlashtirish tadbirlari viloyatimiz bo'ylab doimiy tashkil etib boriladi.