Mehnat yarmarkasida 102 ta korxona, tashkilot va muassasalari o'zining 865 ta bo'sh (vakant) ish o'rinlari bilan ishtirok etdi. 

Yarmarka davomida 54 nafar fuqaro doimiy ish o'rniga ega bo'ldi, 27 nafariga tomorqa xo'jaligidan foydalanish uchun subsidiyalar ajratildi, 10 nafar ishsiz xotin-qizga kasbga o'qitishga yo'llanma berildi.

Shuningdek, 15 nafar ishsiz fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishi uchun imtiyozli kredit ajratildi.

Bundan tashqari, Qarshi shahar 2-sektorda yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafar xotin-qizga kasb-hunar o'rgatilganligi haqida sertifikat hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 3 nafar fuqaroga o'zini-o'zi band qilishi uchun zarur asbob-uskuna taqdim qilindi.