Qarshi shahrida Oʻzbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm forumi boʻlib oʻtdi

    Biznes 25 Sentabr 2023 1158

    Xitoyning Szyansu provinsiyasi gubernatori Syuy Kunlin boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining tashrifi doirasida Qarshi shahrida Oʻzbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm forumi boʻlib oʻtdi. Tadbir ustuvor tarmoqlarda oʻzaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini belgilab olish ham imkonini berdi.

    B2B va B2G tarzida tashkil etilgan uchrashuvlarda Xitoy va Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari, investorlar, vazirlik va idoralarning 250 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Muloqotlar davomida hamkorlikni rivojlantirish, yangi qoʻshma ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama etildi.

    Maʼlumot uchun: 2017-2022-yillarda Xitoyning Oʻzbekistonga kiritgan investitsiyalarning umumiy hajmi 10 milliard dollardan oshdi. Birgina 2022-yilda 2 milliard dollardan ortiq sarmoya oʻzlashtirildi. Oʻzbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni bugungi kunda 1 823 taga yetdi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.