Qarshi shahrida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi

    Raqamlashtirish 12 Noyabr 2020 842

    Qarshi shahridagi Raqamli texnologiyalar oʻquv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Q. Yuldashev, Vazirlik Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat boʻlinmalari, Qarshi shahar hokimligi rahbarlari va xodimlari hamda tuman faollari va yoshlar ishtirok etdi.

    Raqamli texnologiyalar oʻquv markazida 7 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar kompyuter savodxonligi boʻyicha bepul oʻqitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi. Markazda axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv kusrlarni tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

    Shuningdek mazkur markazda tumandagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha malakalarini oshirish koʻzda tutilgan.