Ushbu avtotransport vositalarida yoʻlovchilar uchun maksimal darajada qulayliklar yaratilgan. Jumladan, zamonaviy va keng hajmli salon, yumshoq oʻrindiqlar, sovitkich vositalari, salondagi iqlim nazorati, mukammal xavfsizlik tizimlari shular jumlasidan. Tushib-chiqish ham ancha qulay.

Maʼlumot oʻrnida, viloyatga yana “Isuzu” rusumli 50 dona yangi avtobus ham olib kelinyapti. Ushbu avtobuslar boshqarma qoshida ochilgan “Trans avto Qarshi” shuʼba korxonasi ixtiyoriga beriladi va muhim yoʻnalishlarga joylashtiriladi.

Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan yili ham viloyatga 80 dona yangi avtobus keltirilgan. Ular hozirda Qarshi shahri va shahar atrofi yoʻnalishlarida qatnovni amalga oshiryapti, deb xabar beradi Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.