Qarshi shahrining sobiq hokimi 4 yilga qamaldi

    Mamlakatimizda 23 Mart 2023 830

    Hozirda sudlanuvchi tomonidan ushbu hukm ustidan apellyatsiya shikoyati berilgan.

    2016-2019-yillarda Qarshi shahriga hokim vazifasida ishlagan Jamshid Fozilov Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

    Unga 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Hozirda sudlanuvchi tomonidan ushbu hukm ustidan apellyatsiya shikoyati berilgan.