Qarshi tumani delegatsiyasi Xitoyda

    Qarshi tuman hokimi boshchiligidagi tuman delegatsiyasi aʼzolari investitsiya hamda yirik korxonalarni jalb qilish va bu orqali tuman aholisi uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Xitoy davlatiga xizmat safarida boʻlib turishibdi.

    Delegatsiya oʻz tashrifini dastlab Xitoyning Shandun provinsiyasida joylashgan yirik sanoat shahri Zibo shahridan boshladi. Tashrif jarayonida “Luwei Pharmaceutical Group” va “Luthai Group” kabi yirik kompaniyalarda boʻlib, ushbu korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati oʻrganildi.

    Ayni vaqtda ushbu yirik kompaniyalarni qoʻshimcha faoliyatini Oʻzbekistonda yaʼni Qarshi tumanida ham yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilinmoqda. Taʼkidlash kerak, muhokamalar davomida tuman rahbari Qarshi tumanida ushbu kompaniyalar bilan qoʻshma korxonalarni ochish va aniq loyihalar ustida ishlash taklifini bildirgan.

    Tuman delegatsiyasining Xitoyga tashrif davom etmoqda