Qaror bilan 2020-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Tarbirkorlarni faol jalb qilish orqali sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish Dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Dasturda umumiy qiymati 3 trln 589 mlrd 598 mln soʻmni tashkil etuvchi jami 360 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, 2020-yilda moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalardagi jami 5 068 nafar ishsiz oila aʼzolarining bandligi taʼminlanishi belgilangan.
Bundan tashqari, tumandagi har bir mahallada dehqonchilik bilan shugʻullanish istagini bildirgan aholi roʻyxati shakllantiriladi.