Qarshi tumanida “Sirdaryo tajribasi” asosida koʻp qavatli uylar qurilmoqda

    Ijtimoiy hayot 8 Iyul 2021 1715

    Qarshi tumani, “Mevazor” mahallasida “Sirdaryo tajribasi” asosida 5 qavatli, 20 xonadonli, 9 dona koʻp qavatli uy qurilmoqda.

    Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mazkur uylarning qurilish jarayonlari bilan tanishdi, deya xabar beradi viloyat hokimligi axborot xizmati.

    - Mustaqillik arafasida 180 ta xonadon foydalanishga topshirilsa, keyinchalik ham bu kabi qurilish ishlari davom etadi, - dedi Zoyir Mirzayev.