Qarshi xalqaro aeroporti orzu laynerini kutib oldi

    Transport 2 Sentabr 2020 681

    Bugun Qarshi aeroporti Boeing 787 orzu (Dreamliner) havo kemasini kutib oldi.

    Ushbu charter reys uchun aeroportning maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va yetarli malakaga ega boʻlgan muhandis xodimlari, shuningdek yerdagi zamonaviy infratuzilma xizmat koʻrsatdi.

    Boeing 787 havo kemasi Qarshidan soat 13:00 da 232 yoʻlovchi bilan Vyetnam poytaxti Xanoy shahriga uchib ketdi, deb xabar beradi Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.