Mudofaa vazirligi tizimida xizmat vazifasini oʻtayotgan bir guruh vatan himoyachilarining oilasi bugun quvonchga toʻlgan. Qarshi shahrida qad rostlab, 30 ta xonadonni oʻz ichiga olgan uy harbiy oilalarga topshirildi.

Tantanali topshirish marosimi viloyat hokimi, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlar qoʻmondoni va bir guruh el suygan sanʼat hamda ijod ahli bilan haqiqiy tantanalarga aylanib ketdi.

Barcha qulayliklarga ega alohida isitish tizimlari bilan jihozlangan xonadonlar bugun baxtli oilalarni oʻz bagʻriga oldi. Sovgʻa salomlar bilan tashrif buyurgan xonadonning ilk mehmonlari ham kichik vatanning sohib va sohibalarini qoʻshaloq bayram bilan tabriklab, iliq tilaklar bildirdilar.

Obod manzilda joylashgan fayzli va shinam uy sohiblari yurt dahlsizligi yoʻlida yana-da shijoat bilan xizmat qilish barobarida, ushbu xonadonlarda ertangi porloq kelajak uchun haqiqiy vatanparvar avlodni bekamu koʻst kamol topishida ham hissa qoʻshishlariga ishonamiz.
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati