Xususan, Qarshi shahrida Ko'p tarmoqli markaziy hamda 6 ta oilaviy poliklinikada 15 ta emlash punktlari tashkil etilgan hamda kerakli tibbiyot jizohlari bilan ta'minlangan. Koronovirusga qarshi emlash o'tkazish uchun 38 ta mobil` brigada shay holatga keltirilgan.
Vaksinasiya jarayoniga 15 ming nafar fuqaro ro'yxat asosida, belgilangan tartibda jalb qilinadi. Birinchi navbatda ta'lim, tibbiyot, ichki ishlar va davlat organlari xodimlari koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanishi ko'zda tutilgan.