Qarshidagi “Sulton tex group” paxta-to'qimachilik klasteri faoliyatini boshlaganiga besh yil to'ldi. Ushbu quvonchli sana klaster jamoasi uchun qo'shaloq bayramga aylandi. 

Gap shundaki,  shodiyona kunda klasterning yangi quvvati foydalanishga topshirildi. Uning loyihaviy qiymati 17,8 million AQSH dollariga teng bo'lib, shundan 13,6 million dollar bank krediti, qolgan qismi esa klaster o'z mablag'i hisobidan moliyalashtirildi. Natijada zamonaviy texnologik dastgohlar bilan jihozlangan korxona ish boshladi. 

Mazkur yangi korxona yiliga 10400 tonna paxtani qayta ishlash quvvatiga ega. U foydalanishga topshirilishi bilan yana 350 nafar kishi doimiy ish bilan ta'minlandi. 

Klasterning yangi korxonasi ochilish marosimida  Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov ishtirok etdi.