Qarshida oʻzaro kelishmovchilikni “samosud” bilan hal qilmoqchi boʻlgan yigitga jinoiy ish ochildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslar bir yigitni kaltaklagani ask etgan videolavha tarqaldi.

    Videolavha yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.

    Taʼkidlanishicha, shu yilning 21-aprel kuni taxminan soat 16-00 larda Qarshi shahrida yashovchi T.A. tanishlari bilan bir guruhga birlashib, oʻzaro kelishmovchilik natijasida Qarshi tumanida yashovchi X. D.ni Qarshi shahar “Vatanparvarlar bogʻi” oldidan “Matiz” rusumli avtomashinaga mindirib, shaharning Gʻafur Gʻulom mahallasining chekka hududiga olib borib, kaltaklagan.

    Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.