Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad 4-oktyabrdan faoliyatini boshlagan Prezident maktabida yaratilgan sharoitlar bilan xalqimizni tanishtirish edi.
Loyiha qiymati 78 milliard 200 million so‘mni tashkil etgan ushbu majmuada bino va inshootlar maydoni 6 788 kvadart/metrdan iborat bo‘lib, ilk marotaba u 11 002 nafar xujjat topshirgan o‘kuvchilar ichidan sinov imtixonlaridan a’lo baholar bilan o‘tgan 144 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga oldi.
Maktab-internatda o‘quvchilar xaftaning 5 kuni davomida o‘qiydi. Ular bepul ovqat va maktab formasi bilan ta’minlanadi.
O‘qitish jarayonlari esa, «steam-ta'lim» usulida tabiiy fanlar, texnik ijodkorlik, san'at, matematika dasturlari buyicha amalga oshiriladi.
Darslar ingliz tilida olib boriladi. O‘zbek tilida chuqurlashtirilgan holda olib boriladigan ona tili va adabiyoti, tarix, matematika, kimyo, biologiya, fizika hamda axborot texnologiyalari va boshqa fanlarga ham alohida e'tibor qaratiladi.
Draslarga xorijiy mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, ularning faoliyat olib borishlari uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan.
Bitiruvchilarga belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shaxodatnoma, attestat bilan bir qatorda xalqaro darajadagi tegishli diplom ham beriladi.
O‘quvchilar 5 mahal issiq ovqat va yotoqxona bilan ta’minlangan.
Bulardan tashqari maktabda 10 ta fan to‘garaklari va 8 ta sport to‘garaklari yo‘lga qo‘yilgan.
2 qavatli o‘quv binosida 17 ta sinf xonalari, 3 ta labaratoriya, o‘qituvchilar xonasi mavjud. 3 kavatli yotokxonada 168 o‘rin tashkil etilgan. Bu yerda shuningdek, xorijdan kelgan o‘qituvchilar uchun ham 15 o‘rinli shinam mexmonxona joylashgan.
Zamonaviy usulda bunyod etilgan futbol stadioni, voleybol, basketbol maydonchalari, gimnastika zali hamda suzish havzasi o‘quvchilar ixtiyorida.
Muhayyobonu Qurbonova,
O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi
Qashqadaryo viloyat bo‘limi mutaxassisi.