Markazda nazariy imtihonni topshirish uchun nomzodlarga 20 ta savol va 25 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda fuqaro savollardan kamida 18 tasiga toʻgʻri javob berishi kerak boʻladi. Nazariy imtihondan muvoffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga amaliy imtihonlarni topshirishga ruxsat beriladi.
Amaliy imtihon jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan boʻlib, nomzodning transport vositasini boshqarish koʻnikmalari avtomatlashtirilgan tizim orqali baholanib boriladi va jarayon masofadan kuzatiladi. Kutish zallarida ham imtihon jarayonlarini kuzatish imkoni yaratilgan.
Markazning tantanali ochilish marosimida Murotjon Azimov, shahar hokimi Normoʻmin Xolboyev va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.