Qarshida "Qizlar ovozi" forumi bo'lib o'tdi

    Ijtimoiy hayot 23 Noyabr 2020 3222

    Qarshi shahridagi Yoshlar markazida "Qizlar ovozi" forumi o'tkazildi.

    Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, shahar boʻlimi va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan forumda 300 nafarga yaqin 14-30 yoshgacha boʻlgan qizlar ishtirok etishdi.

    Tadbir davomida viloyat “Qizlar ovozi” klubining hududiy koordinatorligiga 5 nafar nomzod oʻz dasturini taqdimot qildi.

    Saylov natijalariga koʻra, 110 nafar ovoz toʻplagan dehqonobodlik Mahliyo Hamidova Qashqadaryo viloyati “Qizlar ovozi” klubining hududiy koordinatori etib saylandi.