Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB izoh berdi.
Aniqlanishicha, joriy yil 21-mart kuni Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga bu haqda xabar kelib tushgan.
Hodisa sodir boʻlgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan koʻzdan kechirilgan.
Chaqaloq tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganda tugʻilganiga yigirma kun boʻlgani, umumiy ahvoli qoniqarli, tanasida tan jarohati belgilari aniqlanmadi.
Hozirgi kunda chaqaloq Kitob tumanida joylashgan viloyat bolalar uyiga joylashtirilgan, sogʻlom.
Holat yuzasidan hozirda Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.