Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:41 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:55 da o‘rab olingan va saot 12:00 da o‘chirilgan. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 2 ta suv tashishga mo‘ljallangan transport vositasi jalb etilgan.
Dastalki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida ikkinchi qavatda joylashgan do‘konning 210 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVV axborotida.