Qarshidan Rossiyaning bir qator yirik shaharlariga aviaqatnovlar yo'lga qo'yiladi

    ALROSA Airlines aviakompaniyasi vakillari Qarshi xalqaro aeroportida boʻlib, bu yerda hamkorlar va yoʻlovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

    ALROSA Airlines MDH, Osiyo va Yevropa mamlakatlariga muntazam va charter reyslarni, yuklar tashishni amalga oshiradigan Rossiya aviakompaniyasi hisoblanadi. Flotida bir nechta Boeing 737-800 va Boeing 737-700 rusumli zamonaviy havo kemalari mavjud.

    Tomonlar kelajakda Qarshidan Rossiyaning bir qator yirik shaharlariga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.