Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 11 sentyabr kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor "O'zsanoatqurilishbank" ATBdan undiruvchi davlat foydasiga 193 345 896 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 2019 yil 28 noyabrda kelib tushgan.  Shu kunning o‘zida qo‘zg‘atish qarori qarzdorga yuborilgan.

Qarzdor berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlmkni qoplamagani sababli davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro xarakatlariga kirishilgan. Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning hisob raqamiga inkasso qo‘yilgan. 2020-yil 15-iyun kuni 193 345 896 so‘m davlat boji to‘liq undirilib davlat foydasiga o‘tkazildi.