Qarzdorlikni kamaytirib berishni vaʼda qilgan firibgarning «umri kamaydi»

    Sirdaryo viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda korrupsion holatlarni aniqlash boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda Guliston shahar Elektr tarmoqlari korxonasi (ETK) boshligʻi Д.Н. shahar ETK muhandisi vazifasida ishlagan davrida “Г.С.К.” MCHJning elektr taʼminotidan 202,5 mln soʻm qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga MCHJ nazoratchisi А.Г.дан 90 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, ushbu pullar hisobidan 3 mln soʻm pul mablagʻini fuqaro У.М. orqali qaytarib olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 moddasi (firibgarlik) va 28, 211 moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.