Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo'limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tezkor tadbirda tuman ETK korxonasi muhandisi A.N. va fuqaro Z.J. tadbirkor A.A.ning ishonchiga kirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasining elektr ta'minotidan 35,9 mln so'm qarzdorligini kamaytirib berish evaziga 15 mln so'mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.