Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Raqobat qoʻmitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan shu yilning 6 oyi davomida viloyat tuman hokimliklari va davlat boshqaruv organlarining viloyat tarkibiy boʻlinmalarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari yuzasidan jami 10 mingdan ortiq normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan oʻrganishlar olib borildi.
Oʻrganishlar jarayonida, Nishon, Shahrisabz, Gʻuzor va Muborak tuman hokimliklarida 19 ta holatda tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib keluvchi normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlarni qabul qilinishi natijasida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 12, 22 moddalarida belgilangan ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shart-sharoitlar yaratish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Yuqoridagi oʻrganish natijalariga koʻra, 4 ta tuman hokimlarining tegishli qarorlari “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirildi hamda tuman hokimliklariga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.