Qashqadaryo hokimi Asila Mirzayorova va Dovurxon Karomatovga uy sovgʻa qildi

    Sport 12 Sentabr 2024 232

    Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan mahalliy sportchilarni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Viloyat hokimi sovrindor sportchilarga xonadon sovgʻa qildi.

    Parij Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan qashqadaryolik para yengil atletikachi Asila Mirzayorova Paralimpiya rekordini yangilab oltin medalni, para dzyudo musobaqasida qatnashgan Dovurxon Karomatov bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.

    Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov sportchilarga koʻp qavatli uydan (2 xonali) xonadon sovgʻa qildi.