N.Erkayev 1971-yil Chiroqchi tumanida tugʻilgan. 2017-2018-yillarda Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan. Bugungacha Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, viloyat hokimining cobiq birinchi oʻrinbosari Oʻtkir Boʻtayev yaqinda Prezident selektorida tanqidga uchrab, ishdan boʻshatilgandi.
Prezident ishdan olingan rahbarlar ishlagan davri uchun hamma oyligini davlatga qaytarishini alohida taʼkidlagandi.