Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabariga koʻra, YTH Koʻkdala — Kattaqishloq avtomobil yoʻli 10-kilometrida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketishi oqibatida roʻparasidan kelayotgan “Nexia” rusumli avtotransport vositasiga borib urilib YTH sodir etgan.
Yoʻl transport hodisasi oqibatida jami 8 kishi jarohatlangan. Xususan, “Lacetti” rusumli avtotransport vositasidagi 5 nafar yoʻlovchidan (1998-yilda tugʻilgan barchasi sinfdosh boʻlgan) 3 nafari vafot etgan.
“Nexia” rusumli avtotransport vositasidagi 1 nafar yoʻlovchi ham halok boʻlgan. Haydovchi va orqa oʻrindiqdagi yoʻlovchi esa shifoxonada davolanmoqda. Yana ikki nafar jabrlangan inson jonlantirish boʻlimida, — deyiladi xabarda.