Qashqadaryo maktablari 2000 AQSH dollaridan ortiq daromad topmoqda

    Topilgan daromad orqali iqtidorli o‘quvchilar va ustoz, murabbiylarni rag‘batlantirish anʼanaga aylangan.

    Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida "Yashil makon" doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, tumandagi 15-, 28-, 77-maktab mevali va manzarali daraxtlarni yetishtirish hamda mahalliy aholiga sotib, daromad topish manbayiga ham ega bo‘lgan.

    Qayd etish lozimki, 77-maktab bog‘i 18 ming tup daraxtga ega. Shundan, 8 ming tup ko‘chatlar sotuvga tayyor. 2023-yilda esa ko‘chatlar orqali maktab 2000 AQSH dollaridan ortiq daromad topgan.

    Bundan tashqari, tumandagi 28-maktab 13 mingdan ortiq mevali, manzarali daraxtlarga ega. Ushbu maktab ham ancha yillardan buyon nihol, ko‘chatchilik bilan shug‘ullanadi va yillik qo‘shimcha daromadi o‘rtacha 2500 AQSH dollarini tashkil etadi.

    Topilgan daromad orqali iqtidorli o‘quvchilar va ustoz, murabbiylarni rag‘batlantirish anʼanaga aylangan.