Ma’lum qilinishicha, ko‘l qo‘riqxonaning Tanxozdaryo bo‘limi janubiy g‘arbiy tomoni, ushbu tomonidan Qizilsuv bo‘limi hududi hamda Surxondaryo viloyati chegarasi bilan ajratib turuvchi Tanxozdaryoning hosil bo‘lishida joylashgan.
Gʻaznova ko‘li dengiz sathidan 3875 metr balandlikda joylashgan. Ko‘lning aylanmasi 642 metr, chuqurligi 43 metrni tashkil etadi. Ko‘l atrofida uzoq vaqt to‘planib turadigan qor uyumlarini erishi hisobiga hosil bo‘lgan.
Yuqori tarafida 2 ta uncha chuqur bo‘lmagan erigan qor suvlaridan hosil bo‘lgan ko‘llardan sizib keluvchi suvlar hisobiga ko‘l hajmi kattalashgan.
Sentyabr oyidan ko‘l ustki qismi muzlaydi. Iyul oyini o‘rtalaridan avgust oyini 10 kuniga qadar ko‘l muzlari to‘liq erib ketadi. E’tiborlisi shundaki, har 37-43 minutda ko‘l o‘rtasi buloq suvlaridek qaynab suv to‘lqinlarini hosil qiladi.