Qashqadaryo va Surxondaryodagi 100 ta maktabda bepul avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyildi

    Yigʻilish kun tartibidagi navbatdagi masala – maktab taʼlimi. Olis hududlardagi 74 ming oʻquvchi hozirgacha 5-7 kilometr uzoqlikdan maktabga qatnayotgani qayd etildi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo hokimlari bu masalani ichiga kirib, mablagʻini hal qilib, 100 ta maktabda bepul avtobus qatnovini yoʻlga qoʻygan. Samarqand va Jizzax viloyatlari hokimlari ham bir oyda 100 ta shunday maktabga avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish tashabbusi bilan chiqqan.

    Bu qolgan hududlar uchun namuna ekani koʻrsatib oʻtildi.

    Uch yil ichida iqtidorli oʻquvchilar uchun 201 ta ixtisoslashgan maktab tashkil qilindi. Lekin 12 ta ixtisoslashgan maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari haligacha yakunlanmagani qayd etildi.

    Tegishli viloyatlar hokimlariga ishlarni yil oxirigacha yakuniga yetkazish topshirigʻi berildi.