Tadbirda fuqaro O.T. fuqarolar F. va M.ni tanishlari yordamida Qarshi davlat universitetining “Tarix” va “Boshlangʻich taʼlim” fakultetlariga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga jami 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Sariosiyo tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Sariosiyo tuman Pedagogika kolleji direktori oʻrinbosari Sh.Q. fuqaro N.ni 5 mln soʻm evaziga ushbu kollejga oʻqishga kiritib qoʻyishga yordam berishni vaʼda qilib, shundan 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.