Isteʼmolchilarini kuz-qish mavsumida tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash nimani talab qiladi?

    Energetika 24 Sentabr 2020 1626

    Energetika vazirligi maxsus shtabi Qashqadaryo viloyati isteʼmolchilarini 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumida tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu viloyatga bordi.

    Maxsus shtab “Oʻztransgaz” AJga qarashli Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi tasarrufidagi kompressor stansiyasi, gaz taqsimlash stansiyalari, Qarshi shahri, Gʻuzor, Qamashi, Yakkabogʻ Koson va Shahrisabz tumanlaridagi sohaga oid obyektlar faoliyati bilan tanishib chiqdi.

    Qashqadaryo viloyati isteʼmolchilariga kuz-qish mavsumida jami 1 929,1 million kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu oʻtgan mavsumga nisbatan 1,1 foizga koʻpga koʻpni tashkil qiladi. Viloyatda 140 100 ta tabiiy gaz isteʼmolchilari mavjud.

    Isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan taʼminlash uchun 3 461,3 kilometr gaz quvurlari va 5 423 ta gaz taqsimlash punktlaridan foydalaniladi.

    Aprel oyidan bugunga qadar viloyatdagi gaz quvurlarining 3,5 kilometr qismi mukammal taʼmirlandi va 3,2 kilometr rekonstruksiya qilindi.

    Shu yil 1-oktyabrdan boshlab 15 ta maxsus texnika va 60 nafar xodimlardan iborat 15 ta brigada faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

    Shuningdek, suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga kuz-qish mavsumida jami 66 506 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Bu oʻtgan mavsumga nisbatan 47 foizga koʻproqni tashkil qiladi. Viloyatda jami 615 581 ta suyultirilgan gaz isteʼmolchilari mavjud boʻlib, ularni suyultirilgan gaz bilan taʼminlash uchun 19 ta avtotsisterna va 149 ta ISUZU avtomashinasi jalb etilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.