Ushbu moslama boshqarma binosiga kirishda o'rnatildi. Mazkur «QR-book» kitob javoni foydalanish uchun qulay bo'lib, jahon va o'zbek adabiyotining 150 dan ziyod durdona asari elektron va audio shaklini o'zida jamlagan.
Foydalanuvchi o'zi tanlagan kitobning elektron yo audio nusxasini «QR-kod» orqali smartfoniga yuklab olishi kifoya.
Nafaqat boshqarma xodimlari, balki bu erga keluvchilar ham elektron kitob javonidan foydalanish imkoniga ega.
Ushbu yangilikni qo'llashdan maqsad kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishni oshirish, buning uchun sharoit yaratishdan iborat.
Transport vazirligi Axborot xizmat