Qashqadaryo viloyatida 1,6 mlrd soʻm kredit mablagʻini talon-toroj qilgan MCHJ faoliyati aniqlandi

    Xavfsizlik 5 May 2021 620

    Garovga qoʻyilgan bino va avtotransport vositasini bank muhrini qalbakilashtirish yoʻli bilan taqiqdan chiqarib, band solingan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborganligi aniqlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ATB “Mikrokreditbank” viloyat mintaqaviy filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.K.” MCHJ rahbari D.S. va fuqaro A.U. bank filialidan savdo faoliyatini rivojlantirish uchun olingan 1,6 mlrd soʻm kredit mablagʻini noqonuniy oʻzlashtirib oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlariga sarflaganligi hamda garovga qoʻyilgan bino va avtotransport vositasini bank muhrini qalbakilashtirish yoʻli bilan taqiqdan chiqarib, band solingan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.