Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nishon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nishon tumani ETK elektromontyori A.I. xizmat mavqeidan foydalanib, 4 mln so‘m evaziga fuqaro Sh.X.ning xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilib, oldindan 1,5 mln so‘mini qo‘lga kiritib, qolgan 2,5 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.