Qashqadaryo viloyatining SHahrisabz shahridagi sanoat zonasida joylashgan “Modern Galen farm” MCHj tomonidan yillik ishlab chiqarish quvvati 11,5 mln dona bo'lgan farmatsevtika mahsulotlari (spirt, menovazin, glitserin, perekis` vodorod, qizilmiya siropi, yod, brilliant ko'ki (zelyonka), bornaya kislota va kamfornoe maslo) ishlab chiqarish loyihasi shu yil sentyabr` oyida ishga tushishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun: loyihaning qiymati 760 ming AQSh dollari, shundan 140 ming AQSh dollari  tadbirkorning o'z mablag'i, 620 ming AQSh dollar bank krediti hisobiga amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda Xitoydan  korxonaga zarur barcha asbob-uskunalar olib kelingan, o'rnatish ishlari davom etmoqda.

Loyihani amalga oshirish natijasida 20 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi.