Transport vazirligining xabar berishicha, viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Xumoyun“ MCHJ tomonidan 20 ta “ASIA STAR”, shuningdek, “Dilsamo nur“ MCHJ tomonidan esa 6 dona “YUTONG” avtobuslari olib kelindi.
Joriy yil yakuniga qadar viloyatga yana 40 dona zamonaviy avtobuslar keltirish rejalashtirilgan.