Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashlari qayta tashkil etilmoqda. Endilikda Kengash ishiga viloyat xalq deputatlari kengashi raisi rahbarlik qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov va Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi aʼzolari ishtirokida Qashqadaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining taʼsis yigʻilishida Koson tumanini korrupsiyadan holi hududga aylantirish boʻyicha hududiy kengash bilan birgalikda yangi tajribani amalga oshirish taklifi ilgari surildi.

Bunda ayniqsa, sogʻliqni saqlash, bank va bandlik sohalarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.