Qashqadaryo: YTH oqibatida "Labo" haydovchisi halok boʻldi

    Qashqadaryoda harakatlanib kelayotgan "Labo" rusumli avtomashina yon koʻchadan chiqqan "Lacetti"ga urilishdan qochib, boshqaruvni yoʻqotadi va qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashinaga borib urildi.

    Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha shu yilning 10-iyul kuni "Labo" rusumli avtotransport vositasi Qarshi shahri Jayxun koʻchasida ketayotganida yon koʻchadan "Lacetti" rusumli avtotransport vositasi uning yoʻliga chiqadi va "Labo" haydovchisi toʻqnashuvdan qochish uchun rulni burib yuborishi oqibatida boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi beton toʻsiqdan oshib oʻtib, qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan "Nexia-3" rusumli avtotransport vositasi bilan toʻqnashadi.

    Natijada "Labo" haydovchisi olgan jiddiy tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning koʻrsatgan tibbiy muolajalariga qaramasdan "Labo" haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.