AQSH elchisi Qashqadaryoda

    Bugun Qarshi shahrida AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Djonatan Xenik va viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazildi.

    Uchrashuvda elchi tomonidan respublikamizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar eʼtirof etildi. Shuningdek, Qarshi shahridagi “Amerika burchagi” faoliyat koʻrsatayotganligi, viloyatda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) 10 ga yaqin loyihalari amalga oshirilayotganligi qayd qilindi.

    Tomonlar shuningdek, quyidagi yoʻnalishlarda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar:

    - taʼlim yoʻnalishida: akademik almashinuvlarni koʻpaytirish, viloyatimizdagi maktablarga AQSHdan til egasi boʻlgan mutaxassislarni jalb etish, oliygohlarimizni zamonaviy adabiyotlar bilan taʼminlash;

    - turizm yoʻnalishida – viloyatdagi madaniy meros obyektlarini saqla sh va restavratsiya qilishda hamkorlik qilish;

    - xalqaro aloqalar yoʻnalishida: AQSHning shaharlari bilan viloyatimizning shahar (tumanlari) oʻrtasida birodarlik aloqalarini oʻrnatish va boshqa yoʻnalishlar.

    Maʼlumot uchun, AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Djonatan Xenik 2022-yil 15-noyabrdan oʻz missiyasini boshlagan.

    Mazkur tashrif elchining lavozimga tayinlanganidan keyingi viloyatlarga dastlabki tashrifi hisoblanadi.